Главная
Регистрация
Вход
Shanba
27.04.2024
15:47
Приветствую Вас Гость | RSS
www.BeQarorlar.Com

Меню сайта

Saytga kirish
Salom, Mehmon
Azo bolish ёки Login parol bilan kiring va Xamma imkoniyatlarga ega boling.
Логин:
Пароль:

Do'stlarga ulashin

SMS Bo'limlar

  
Главная » 2012 » DEKABR » 4 » xayot davom etadi...
20:00
xayot davom etadi...

Urishdan to’xtagan bir juft yurak.
Sevishganlarning ayanchli taqdiri
haqida. Akmal va Rano bir birlarini
qattiq sevishardi. Ularning sevgisi
chindan, bir birlari uchun jonini fido
qilishgayam tayyor edilar. Ular shirin orzular qilardilar. Orzulari ro’yobga
chiqa boshlagan edi. Vaqti kelip Akmal
Ranoga uylandi. Ular juda bahtli
yashardilar. Xursandchilik ketidan
xursandchilik keldi. Sof muhabbatning
mevasi dunyoga kelish arafasida edi. Rano homilador bo’ldi. Ular juda baxtli
edilar. Akmalning mashinasi buzilib
qolgandi. Mashinani ustaxonaga olib
bordi. O’sha kuni Rano do’ktorga
borishi kerak edi. Akmal ishga ketgach
Rano do’ktorga boradi. Tekshiruv natijalari Ranoni egizak farzand ko’rish
arafasida ekanini malum qiladi. Rano
bu hushxabarni umr yo’ldoshiga
telefon qilib aytadi: Akmal aka
xushxabar bor. Akmal: Jonim qanaqa
xushxabar ekan.? Rano: Hali uyga borsangiz aytaman juda hursand
bo’lasiz. Rano shifoxonadan chiqib
yo’ldan o’tayotgandi, svetofor qizil
chiroqda yonardi. Rano yo’ldan
o’tayotganda katta tezlikda
kelayotgan mashina uni urib ketdi… afsus. Ranoni og’ir axvolda
kasalxonaga olib kelishdi. Do’ktorlar
Ranoning telefonidan yaqinlariga
habar berishdi. Lekin afsuski halokat
tufayli Ranoning tug’ilajak farzandlari
nobut bo’lishdi. O’zi esa reanimatsiya bo’limida bexush bo’lib yotardi.
Do’ktor Akmalni chaqirdi: Sizga bir
gapni aytishim kerak. Bo’lajak
farzandlaringiz nobut bo’lganidan
habaringiz bor. Sizga sabr bersin. Lekin
yana bir narsani aytishim kerak. Mashina Ranoni urgach oyoqlarini
ustidan bosib o’tib ketibti. Ranoni
oyoq suyaklari maydalanib ketgan. Biz
operatsiya qildik. Lekin foyda bo’lmadi.
Uni oyoqlarini kesib tashladik. Afsuski
unga endi homilador bo’lish mumkin emas. Aks holda hayotdan ko’z
yumishi mumkin salomatligi bola
tug’ishni ko’tara olmaydi. Ichki
organlari ham shikast yegan.Akmal bu
habarni eshitib huddi chaqmoq
urganday seskanib ketti. Bu voqea unga juda og’ir botgandi butun hayoti
barbod bo’lgandek edi go’yo.Vaqt
o’tib Rano hushiga keldi. Hammasidan
habr topdi. Kasalxonadan chiqishdi.
Rano har kuni yig’lardi. Bir kuni u
Akmalga aytdi: Akmal aka men nogiron bo’lib qoldim. Sizni hursand
qilaman deb bahtsiz qilib qo’ydim.
Tug’ilajak farzandlarimiz ham nobut
bo’lishdi. Endi boshqa farzand ham
ko’ra olmayman. Menga hayotni qizig’i
qolmadi. Men bilan yashab bahtsiz bo’lmang. Hali yoshsiz boshqaga
uylaning bahtli bo’las sizdan roziman.
Men ota onamni uyiga oborib tashlang.
Akmal: Jinnivoymisan. Sensiz
hayotimni tasavur qilolmiyman. Nima
bo’lganda ham sani sevaman. Tashlab ketmiyman. Bola boqib olsak bo’ladi.
Tashvishlanma sendan hech ham
ajralmayman doim birga bo’lamiz dedi.
Ular hayotlarini davom ettirdilar. Lekin
Rano men bilan ajrashing degan
gapini takrorlayverardi. Akmal buni rad etardi. Ranoga qarab turish uchun
uygaRanoga qarab turish uchun uyga bir hizmatkor enaga olib keldi. Rano vaqt o’tib o’ziga keldi. Akmalga ajrashish iltimosini aytmay qo’ydi. Taqdiriga shukur qilib Akmal bilan bahtli hayot kechira boshladi. Akmalning singlisi Kamola esa bunga qarshi edi. Kamola o’zicha o’ylardi: Nima akam endi shu nogiron yana tug’mas xotin bilan yashab o’tib umrini xazon qilishi kerakmi?Yo’q men bunga yo’l qo’ymayman. Kamola akasini Ranodan ajratib olish niyatida edi. Akasini har kuni g’ij g’ijlar Ranoni unga yomon qilib ko’rsatardi. Lekin Akmal unga parvo qilmasdi. Bir kuni Akmal ishga ketayotganda Rano unga aytdi: Akmal aka bugun ishga bormang man bilan qoling negadur ko’nglim g’ash. Akmal: Xavotir olma bugun erta qaytaman sen bilan aylangani bir joyga boramiz dedi va ishga ketti. Kamola Akmalni uyiga bordi. Hizmatkoriga aytdi: Siz ko’p ishladingiz bugun uyingizga boring. Man o’zim Ranoga qarab turaman. Hizmatkori uyiga ketti ,uyda Rano va Kamola yolg’iz qolishdi. Rano nogironlar aravachasida yurardi. Kamola uyga kirishi bilan Ranoga tana qilishni boshladi: Hoy sen akamni boshini aylantirib tegib olgansan. Jodugarmisan sani shu axvolindayam xotin qilib yashab yuribti. San Akamni sexr jodu qilib qo’ygansan. Sen bir nogiron, tug’mas bir axlatga o’xshagan xotinsan deb uni qattiq haqorat qiladi. Rano yig’lab: Akmal akam meni sevadilar mensiz yashomiydilar manam ularni sevaman. Hech qachon ajralmiymiz dedi. Shunda Kamola jahl bilan Ranoga tarsaki tushurdi. Hovlida katta suvga to’la xovuz (basseyn) bor edi. Kamola Ranoni aravachasi bilan xovuzga itarib yubordi. Bechora Rano tipirchilab baqirib yordam so’ray boshladi. Nogironligi sabab suvda harakat qilolmadi va suvga cho’kib nafas yo’llariga suv tiqilib jon berdi…..afsus. Kamola qattiq qo’rqib ketib uydan qochib ketti. Akmal o’sha kuni ishda nimagadur xotirjam o’tirolmadi. Uyga bordi qarasa darvoza ochiq odamlar to’plangan militsiya xodimlari. Shoshib uyga kirdi. Ne ko’z bilan ko’rsinki hayot mazmuni,jondan sevgan yori Rano o’lib yotardi. Akmal bu holatni ko’rib na gapira oldi na yig’lay oldi. Bu ko’rgulikka chidolmay mashinasiga o’tirib hech kimga hech narsa demay katta tezlik bilan haydab ketti. Qayoqqa ketayotganini o’zi ham bilmasdi. U shok holatida edi. Qizil chiroqdan to’xtamay o’tib ketti. Chorraxadan chiqayotgan yuk mashinasi bilan to’qnashib ketti. Akmalni kasalxonaga olib ketishayotganda yo’lda joni uzildi. Vaqt o’tib qotil aniqlandi. O’z kelinoyisi va akasini umriga zomin bo’lgan Kamola qonunga muvofiq qamoq jazosiga tortildi. Akmal va Ranoni qabrini yonma yon qo’yib bir kunda ko’mishdi. Oradan yarim yil o’tgach ularni qabrini ziyorat qilgani borganlar ajoyib narsani guvoxi bo’lishdi. Ranoning qabridan qizil atirgul, Akmalning qabridan oq atirgul o’sib bir biriga chirmashib qolgan ekan. Ular bir birlariga so’z berishgandi hech qachon ajralmaymiz doim birga bo’lamiz deb. Zero chin sevgi abadiy barhayotdur, bu dunyoda bo’lmasa u dunyoda bordur.
Категория: Sevgi / Любовь | Просмотров: 528 | Добавил: αđмιη | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 5
5 Anabel  
0
sad wunaqa ham b6ladimi seviwganlar nega baxtli yawameydiya

4 sayt_shaxzodasi  
0
Ifloz qiz ekan

3 PrEeTy_GiRl  
0
Hich kimmi bowiga tuwmasin bula

2 αđмιη  
0

1 FIRIBGAR  
0
Wunday singillar ham böladimi Astag'firulloh

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

YANGI MP3LAR

Sayt Faollari
NICKFORUMIZOH
1 Begzod_Bek4230315
2 _MARJONA_3406122
3 αđмιη319799
4 SAYT_QIROLI25029
5 ABDULLOH195899
6 FIRIBGAR1813121
7 ДеРцКиЙ_ЗаТо_Не_ДеТсКиЙ123581
8 JASURBEK637108
9 -BUM-61758
10 MISTER_ARIAN_4744

Мини-чат
200

Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Copyright MyCorp © 2024