Главная
Регистрация
Вход
Shanba
27.04.2024
15:37
Приветствую Вас Гость | RSS
www.BeQarorlar.Com

Меню сайта

Saytga kirish
Salom, Mehmon
Azo bolish ёки Login parol bilan kiring va Xamma imkoniyatlarga ega boling.
Логин:
Пароль:

Do'stlarga ulashin

SMS Bo'limlar

  
Главная » 2012 » DEKABR » 22 » O'RIK DARAXTI söngi qism
05:44
O'RIK DARAXTI söngi qism

Bahora uyiga kelganda soat
14:10, uyda esa hech kim yo'q
edi. Dadasi ishda. Singlisi darsda.
Bahodir aka bir soatlarda
qaytadi. Singlisi esa 16:larda
uyga kirib keladi. Ular kelguncha
ovqat tayyorlamoqchi bo'ldi.
O'ylay-o'ylay chuchvara
tayyorlashga qaror qildi. Axir bu
dadajonining eng sevimli ovqati.
U juda ko'p chuchvara tugdi,
taxminan uch kunga yetadigan.
U xamirlarni yoyar ekan, qatra-
qatra ko'z yosh to'kardi.
Nimanidur sezayotgandek, yum-
yum yig'lar edi.
Kechga tayyorlagulik qoldirib,
qolganini muzlatgichga joyladi. U
ishini tugatishi bilan dadasi kirib
keldi. Salom va alik, xol-ahvol
so'rashdan keyin Bahora
dadasiga ovqatni pishirib berdi
va uxlamoqchiligini aytdi.
-Qizim, soat 15:30. Ha demay
kech tushadi, uxlamay qo'yaqol.
-negadur bezovta bo'ldi ota.
-Xolsiz bo'lyapman dadajon, dam
olaqolayin.
Bahodir aka istamaygina bosh
silkib, xo'p ishorasini bergach
xonasiga kirib ketdi Bahora.
***
-Qizim, soat 21:40 bo'ldi.
Opangni uyg'ot. Qorni ochib
ketgandur.
-Xo'p, dadajon.
Bahorani xonasiga kirgan Nigora
- opasini shirin uxlab yotganini
ko'rib uyg'otishga, uyqusini
buzishga ko'zi qiymadi.
-Dadajon, bir shirin uxlab
yotibdilar, qo'yavering, uyquga
to'ysa uyg'onar.
Bahodir akani ichiga chiroq
yoqsa yorishmas edi. Kechasi bir
ko'zi ilingan ekan, raxmatli xotini
Munisa opa tushiga kiribdi.
Ko'ngli g'ash bo'lib yana qizlari
ekkan o'rik daraxti ostiga borib
yum-yum achchiq ko'z yosh
to'kdi.
Ko'zlariga uyqu ilinmagan Nigora
u yoqqa ag'darildi, bu yoqqa
ag'darildi. Hecham uyqusi
kelmasdi. Yuragi nimadandur
bezovtadek tinmay tipirchilar
edi. Qo'llarini shunchaki
yostiqlari ostiga tiqdi. Qo'liga bir
parcha qog'oz ilashgandek
bo'ldi. Qo'liga oldi, chiroqni
yoqdi. Bejirim gulli mitti
qog'ozda opasining dasxatida
yozilgan so'zlar bor edi.
"Ha uyquchi? Darsga
kechikdingmi? Tezroq harakat
qil! He, uyquchi. Kuning juda
chiroyli o'tishini tilab qolaman.
Seni juda yaxshi ko'raman
singiljonim!"
Nigorani yuragi "shig'" etdiyu,
ko'zlarini chirt yumdi. Soat
endigina tungi ikkiga bong ura
boshlagan edi. U o'rnidan turib
opasining xonasiga yugurdi.
Bahodir aka Nigoraning yugurib
Bahorani xonasiga o'tganini
ko'rib, g'ash dili yanada
qorong'ulashdi. Nigora chiroqni
yoqganda opasi xuddi o'sha
xolatida qimir etmay yodardi.
-Opuuv, -negadur ko'zi namlandi.
-Opajooon. -ikki tomchi yosh
shoshib yuzlarida dumaladi. -
Oposhaaa. -ovozi titrab,
erkalanib chaqirar ekan, u tomon
sekin yura boshladi.
-Opajon. -u opasining yuzlaridan
o'pdi-yu, lablari muzlab ketdi.
Opasini jonsiz tanasini
to'shakdan ko'targancha o'zi
o'tirdi, u yotgan o'rinlar ham
muzdek edi. Bahorani muzdek
jasadini quchdi, qattiq quchdi.
Sel bo'lib yig'lay boshladi. Ko'z
yoshlari Bahorani yuzlariga
tushardi. Opasini yuziga yana
labini bosdi. Lablari seskanib
ketdi.
-Opajon, sovqotib ketibsiz-ku,
keling sizni isitib qo'yaman.
Taftim bilan isitaman opajonim. -
u yig'lagancha Bahorani quchib
turardi. Negadur o'zi ham
muzlab ketardi. Havotir bilan
yugurib kelgan Bahodir aka
xonaga kirdi. Nigora bag'rida
olib o'tirgan Bahorani ko'rib esi
ketdi, oyog'idagi darmon ketib
o'tirib qoldi. Nigorani bir qo'li
uning bo'ynidan o'tkirilgan edi,
Bahoraning boshi osmonga
qaragancha jonsiz likillab turardi.
Qo'li esa osilib turardi.
-Bolam... Bolaaam!
***
Bahora vadasini ustidan chiqdi.
U aytganidek oppoq kafanda,
shoxona taxti ravon bo'lmish
tobutda bu uyni tark etdi. Keng
uyni kelinchagi bo'laman degan
edi, qabr uning makoni bo'ldi...
***
Nigora endi har kuni darsga
kechikardi. Bir kun shoshilib,
oyoq kiyimlari orasidan qo'liga
ilashganini oldi. Ichida maktub
bor edi.
"Yana kechikyapsanmi
shumtaka? Iltimos, buni kiyma!
Qara, pushtiligi uchun,
kiyimlaringga mos tushmayapti,
oq tuflingni kiyaqol, xop". U dili
vayron bo'lib, oq tuflisini oldi.
Uning ichi ham bo'sh emas edi.
"Kuning ajoyib o'tsin. Jilmayib
yur! Yugur endi, kechikyapsan.".
Nigora xolsiz qadamlar ila uydan
uzoqlashdi.
Bir necha kun o'tdi. Soat
jiringlagach Nigora shoshilib
turdi. Bugun opasining tug'ilgan
kuni. U yuz - qo'lini yuvib,
pardoz oynasi oldiga o'tirdi.
Oyna oldida turgan narsalarni
chang bosib ketgandi. Shu
jumladan maktubni ham. Uni
shoshilib o'qiy boshladi.
"Ooo, nimani sharofati bilan erta
turding? Pardoz
qilmoqchimisan? Bemalol.
Qayerdan bildim aytaymi?
Vaqting bemalol bo'lgan
vaqtlargina pardoz qilasanda.
Mayli, bugungi ishlaringga
omad!"
Nigora maktubni bag'riga
bosgancha, yum-yum yig'ladi.
"Tug'ilgan kuningiz bilan opajon.
Sizni juda sog'indim, sog'inib
ketdim".
Oylar ketidan oylar o'tib, bahor
keldi. Bahodir aka xotirjam,
jilmaygancha uxlardi. Chunki,
tushiga qizalog'i Bahora kirgan
edi. U jilmaygancha, "Dadajon,
mening daraxtim ham gulladi,
endi u ham meva tugadi." deya
mamnun edi.
Uning uyqusini Nigoraning
shodon ovozi buzdi: "Dadajon,
opamning daraxti qurimabdi,
qarang oppoq bo'lib gulladi. Juda
ko'p meva beradi endi. Xuddi
opam istaganidek, oppoq bo'lib
gulladi. Hovlini esa gullarning
ifori tutib ketdi, xuddi opajonim
orzu qilgandek, dadajon!" u
shunday deya oppoq bo'lib
gullagan kattakon o'rik daraxti
ostida shodon aylanardi...
Kechiring meni, mehribon
dadajon,
Bilmagandim, omonatligin
tandagi jon.
Avf eting, shodon kunlar bera
olmadim,
Istasamda yoningizda qola
olmadim.
Jonim singlim, erkatoyginam,
Ko'zlaringda aslo qalqmasin nam.
Seni jondan aziz ardoqlar edim,
Iloji bo'lganda, qolgan umrimni
hadya qilar edim.
Kechiring meni jonim, suyganim,
Og'ir botmasin sizga bevaqt
o'lganim...
Ishoning bir bor ham qilmadim
xiyonat,
Shunchaki taqdir menga qilmadi
adolat...
Tamom!
E'tiboringiz uchun tashakkur!
Hurmat ila Sirli_qiz...
Категория: Ibratli hikoyalar | Просмотров: 1205 | Добавил: sayt_shaxzodasi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 5
5 _MARJONA_  
0
омад ижодизга яна кутиб коламиз янгиларидан

4 BILLURA1440  
0
Yozgan odamga kottakon rahmat.

3 AngeL_GirL  
0
tshunmadim

2 αđмιη  
0
axa

1 sayt_shaxzodasi  
0
Man kim mobel versiyaga 6tkazgan b6lsa kattakon wiringina rahmat

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

YANGI MP3LAR

Sayt Faollari
NICKFORUMIZOH
1 Begzod_Bek4230315
2 _MARJONA_3406122
3 αđмιη319799
4 SAYT_QIROLI25029
5 ABDULLOH195899
6 FIRIBGAR1813121
7 ДеРцКиЙ_ЗаТо_Не_ДеТсКиЙ123581
8 JASURBEK637108
9 -BUM-61758
10 MISTER_ARIAN_4744

Мини-чат
200

Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Copyright MyCorp © 2024