Главная
Регистрация
Вход
Shanba
27.04.2024
13:57
Приветствую Вас Гость | RSS
www.BeQarorlar.Com

Меню сайта

Saytga kirish
Salom, Mehmon
Azo bolish ёки Login parol bilan kiring va Xamma imkoniyatlarga ega boling.
Логин:
Пароль:

Do'stlarga ulashin

SMS Bo'limlar

  
Главная » 2012 » DEKABR » 5 » Chemadon ko'tarib ketyabman {2 qism}
19:01
Chemadon ko'tarib ketyabman {2 qism}

Bu baxtmi bilmadim. Sevgilim internetda ONLINE bo’lib turibdi. Hozir unga xat yozib keganimni bildiraman:
" Salom men uchun sevimli, qadrli va aziz bo’lgan inson! Men seni oldinga vaslingga erishish uchun keldim. Men Amerikadaman. Sen yashaydigan joyda. Men seni hamon sevaman! Sen ham meni hamon sevasanmi? Meni bu yerlarda unitib yubormadingmi??? Menam senga o’xshab Vatanni unitib keldim. Senga bo’lgan sevgim kuchlilik qildi. Ona Vatanga albatta qaytib boraman. Faqat 20 yildan so’ng. "
Undan javob keldi:
"Nega keldingiz???? Sizga keling diganmidim? Qayerdasiz?”
Men turgan joyimni amallab so’rab surishtirib unga tushuntirdim. U 30 daqiqada yetib keldi.... Hech o’zgarmagan. 6 yil oldin qanday bo’lsa ushanday. Faqat ozgina ko’zlari ma`yuslashgan. O’rnimdan turdim. Xursandchiligimdan menga Amerika tordek bo’lib ketdi. Baqirib yubordim. Nahotki men sevgimga erishdim... U menga nim tabassum bilan qarab turardi. Ortidan 5 yoshlardagi bolacha kirib keldi. "Tanishing meni o’g’lim”... dedi. Meni bu ahvolim o’rnida tosh bo’lganda portlab ketardi. Odamni joni qattiq bo’lar ekandeee. Bolacha
menga ho’mrayib qarab turibdi. Men qotib qolganim bo’yicha turibman. Gavdam yurayaptiyu, lekin nima qilayotganimni idrok qila olmayapman. O’zimga kelganimda bolani silkitayotgan ekanman. Kimsan? Kimsan? deb yig’lar edim... Bola menga qo’shilib yig’lab yubordi.Sevgilim bolani mendan ajratib oldi. Man yerda o’tirganimcha unga aytardim: " Nega? Nega? Nega bunday qilding. Axir men seni sevardimku! Senga kelaman deb aytgandimku! Nega turushga chiqib ketding? Nega kutmading? Men shuncha joydan nima uchun keldim. Sarobni ko’rganimi? Yoki manavi bolani ko’rganimi?”.
U indamasdi. Bir qancha vaqt turib aytdi: " Men turmushga chiqmaganman... Farzandni turmushga chiqmasdan ko’rdim... Uni otasi men sevadigan inson... U sizni do’stingiz. Men uni, u meni sevardi. Siz sevishizni ham bilardik. Nozik qalbli bo’ganiz uchun, sizga etib dilingizni cho’ktirishni istamagandik. Biz to’yimiz bo’lishiga ishonardik, lekin men bu yerlarga kelishim yetti uhlab tushimga kirmagandi. Bilganimda sho’xlik qilmasdik. Shu sabab keta olmay rosa yig’ladim... Siz internetda birinchi marta ko’rib qolganizda do’stiz etmagan gaplarni etdi deb aytgandim. Sizni uylangan deb aytdi degandim. Sababi sizni umidizni mendan so’ndirish edi. Lekin aksi bo’ldi. Yaqin kunlarda do’stingiz, meni sevgilim kelib, bizni olib ketishi kerak. Siz adashib kelib qoldiz!”
Nima deyishni ham bilmay o’tirgan joyimda boshimni changallab qoldim. Nima ish qilib qo’yganimni, men uchun doimo sadoqatli bo’lgan, chin do’stimni uvoliga qolganimda afsuslardim. Bu qiz qo’lida esa o’yinchoq ekanman... Nima bo’ganda ham sevgimni so’ndira olmadi. Do’stim ham meni o’yinchoq
qilgan. Bir og’iz aytsa bo’lardi. Meni yosh bola ko’rmasdan...
Amerikaga kelib nima ko’rdim. Na sevgim, na uyim bor. Uyim ortda qoldi, qaytib bora olmayman. Borsam qamashadi. Bu yerda uysizman. Ijarada yashayman. Sevganim qo’shnisinikidan ijaraga uy topib berdi. Sevgim yonimdaku, lekin menikimas. U do’stimni kelishini kutmoqda. U kelaman deb va’da bergan deydi. Menda so’radi. Men ham kelaman deb aytgandi deb qutildim. Sevishimni aytsam ham u mendan qochardi. Og’li tobora do’stimga o’xshab borayotgandi. Shunaqa ham o’xshidimi? Huddi do’stim oldimda turgandek bo’layapti. A`lamim ichimdan chiqib unga baqirib tashiman. Ko’rsam kun bermayman. Bir ikka marta onasini quchoqlaganini ko’rib urib ham yubordim. Qo’llarim o’zimga bo’ysunmasdi. Sevgilim menga qattiq qarab o’g’lini olib ketadi. Keyin manga baqiradi: "qo’lingizni bolamga tekkizmang” – deb. Nima qilay. Shuni sevsam. Hammada qizg’ansam. O’z o’g’lidan ham. Bir kun sevganimga: "Uyga telefon qilgandim. Uydagilar aytishdi. Do’stim uylanibdi. Bolasi ham bor ekan” deb aldadim. Yo’lg’onimga o’zimni ham ishontirdim. Keyin uni sevganimga yomonladim: Sendan oldin qancha qizlar bilan yurgan, sen ketgandan keyin qanchasi bilan yurdi.Men bilmasdim sizlar bir biringizni sevishingizni? Bo’lmasa bunga yo’l qo’ymasdim”. U yig’ladi, yig’ladi. Tizzasida turib qolib ham yig’ladi. Yerga yiqilib,yerni mushtlab ham yig’ladi. Ko’zidan yosh emas, misli qon oqar edi. Qilgan yolg’onimdan bir afsuslansam, bir hursand bo’lardim. Yaqin fursatda u meniki bo’ladi. Yana ozgina vaqt. Kelib 10 yil kutdim. Yana 10 oy kutsam hich narsa qilmaydi...
Kunlar o’tadi. Oylar o’tadi. Yillar o’tadi... Men kambag’alman.Yuk tashuvchiman. Kim manga katta o’rinni berardi. Bu yerda hech kimman. Ishimni ham tayini yo’q. Ammalab kunim o’tmoqda. Keganimga afsuslanaman. Vatan qadri yuragimni ilma teshik qilib tashladi. l 15 yil bo’ldi. Sevgilimga sodiqligimni isbotlash uchun uylanmadim ham. Bir ishim yurishgan payt bir ikkitasi uylanishimga rozi ham bo’ldi. Lekin men telbalarcha sevsam. Boshqasi oy bo’lsa ham sevmasdim.
Akam bilan internetda gaplashib turardik. Telefon qilardim. Ko’proq internet. Man baribir jinoyatchimande. Internetda hech kim payqamaydi. Bir kun gaplashib turib ish bilan tashqariga chiqib ketdim. Sevgilim xonamni atrofidabog’da ekan chaqirgandi. Bir og’irroq ishni qilishni buyurdi. O’zi ichkariga, xonamga kirib ketdi...
U pochtamga kiribdi. Hamma 15 yillik xatlar saqlanib turgan edi. Hammasini o’qibdi. Do’stimni o’ldirganimgacha. Xonamdan o’qdek otilib chiqdiyu manga tashlandi. Shu payt qayedandir o’g’li kelib qolib, u ham qo’shildi... Hammasi tugadi...
Mana yana og’ir chemodan. Yana keraksiz chemodan. Hammasiga shu chemodan sababchi. Nimaga keraksiz bo’lsa ham
olib yuramiz. Undan ko’ra kerakli narsalarni olsak bo’lmaydimi? Chemodan og’irlik qilmoqda... 2 kishi zo’rg’a ko’tarishmoqda. Ha aytgandek chemodanni ichida meni
o’ligim bor...
Категория: Ibratli hikoyalar | Просмотров: 616 | Добавил: Begzod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 6
6 sayt_shaxzodasi  
0
Oho zoru a?

5 maftuna  
0
tavba tavba Astag'furulloh......

4 ﮫﮩﮫOyshiRnﮫﮩﮫ  
0
Yana wunaqasdan kutamiz

3 Begzod_Bek  
0
xa kanes film

2 FIRIBGAR  
0
Yahwi yakunlaniwini hisobga olmaganda

1 FIRIBGAR  
0
Man 1

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

YANGI MP3LAR

Sayt Faollari
NICKFORUMIZOH
1 Begzod_Bek4230315
2 _MARJONA_3406122
3 αđмιη319799
4 SAYT_QIROLI25029
5 ABDULLOH195899
6 FIRIBGAR1813121
7 ДеРцКиЙ_ЗаТо_Не_ДеТсКиЙ123581
8 JASURBEK637108
9 -BUM-61758
10 MISTER_ARIAN_4744

Мини-чат
200

Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Copyright MyCorp © 2024