Dunyoda yuz berayotgan yangiliklar...Добавлено (29.12.2012, 08:04)
---------------------------------------------
Rojestvo kuni AQShga tornado va qor bo'roni yopirildi, Xitoyda bir haftadan buyon anomal past harorat hukmronlik qilmoqda, Iroqda oxirgi o'ttiz yil ichidagi eng yirik suv toshqini yuz bergan. Aholi mashinalardan voz kechib, harakatning noan'anaviy usullariga o'tgan. Masalan, bag'dodlik fuqaro eski muzlatkichda harakatlanmoqda.
Pekin va Xitoyning yana o'n to'qqizta shahrida ham hazillashishga o'rin yo'q. Poytaxtdagi havo harorati minus 15 darajagacha tushib ketgan, bunday harorat deyarli yuz yil davomida kuzatilmagan edi. Xitoy shimolida esa termometr ustuni minus 42 darajani ko'rsatgan. Odamlar yuzlarini issiq sharflar bilan yopmoqda va piymalar sotib olmoqda. AQShda tornado va qor bo'roni naijasida yuz mingdan ziyod kishi elektr tokisiz qolgan, halok bo'lganlar va yaradorlar bor. Klivlend, Detroyt va Chikago aeroportlarida ikki yuzdan ziyod reyslar bekor qilingan. Aeroportlarda qolib ketganlarning ko'pchiligi Rojestvoni mehmonxonalarda kutib olishiga to'g'ri keldi. Biroq bayramni oilasi bilan o'z uyida kutib olganlar ham bu ta'tillarni bir umrga eslab qoladi. Rojdestvoga to'g'ri kelgan bunday tornado 1982 yildan buyon qayd etilmagandi. Sinoptiklar qor bo'ronlari janubiy shtatlarda yana bir necha kun davom etishini aytishmoqda.