Главная
Регистрация
Вход
Seshanba
21.11.2017
09:16
Приветствую Вас Гость | RSS
www.BeQarorlar.Com

Меню сайта

Saytga kirish
Salom, Mehmon
Azo bolish ёки Login parol bilan kiring va Xamma imkoniyatlarga ega boling.
Логин:
Пароль:

Do'stlarga ulashin

SMS Bo'limlar

  
Главная » 2013 » YANVAR » 5 » Mehr oqibatli aka uka
01:39
Mehr oqibatli aka uka
Kichikligimda ota-onam ötib ketishgan. Akam menga ham ota, ham ona örnida edi. Qiynalib-qiynalib meni odam qilgan, özlari öqimagan bölsada, meni öqitgan. Ota-onam ukanga g'amxörlik qil deb u kishiga vasiyat qilganlari u-n og'ir mehnat qilib bölsada meni hech nimaga zoriqtirmay katta qildilar. 28 yoshida uylandilar. Ikki farzandlik ham bölishdi. Akam meni juda yaxshi körardilar. Gohida yangam hazillashib: "Akaiz mendan ham köproq sizni yaxshi köradi", derdi. Nima topsalar menga ilinardi. Meni uylantirish niyatlari bor edi. Hammasi ösha kunlardan boshlandi. Dastavval ancha toblari qochib bir-necha kun ishga chiqmadilar. Keyin bir kun hushidan ketdilar. Shifoxonaga obordik. Doktor közimga boqib, tashvishli nigohda bittagina söz aytdi: rak.. Men umrimda bundan dahshatli sözni eshitgan emasman. Butun vujudim muzlab ketdi. Bir necha kun özimga kelolmadim. Akam bu haqda yangang bilmasin dedi. Doktorlar umid juda kam, deyarli davosi yöq deyishdi, 99 foizga. Bir foiz umid bor ekan-u deb Xudoga shukr qildim. Doktor agar operatsiya qilinib ilik köchirib ötkazilsa, uni saqlab qolish mumkin deyishdi... Yangam bilib qolib, yig'ladi. Jiyanlarim hali yosh. Ular biz kabi otasiz ösmasligini Allohdan sörardim. Akam ularga kerak edi. Suyak köchirib ötkazishsa faqat meniki unga mos kelishi mumkin. Yagona muammo bu operatsiya tufayli mening hayotimga xavf tug'ilishi mumkinligida edi. Men hali yoshman. Uylanmaganman. Akam u-n shunday qilishim kerak edi. Doktordan bu haqda akamga aytmasligini söradim.. Operatsiya kuni yaqinlashardi. Lekin xotirjam edim. Axir jondan ortiq jigarim- akamni saqlab qolishim mumkin edi. Akamga donor topilganini aytishdi. Biroz sevindilar. Oxirgi oyda akam ancha qiynaldi. Ayniqsa bolalarini körganida boshqacha ezilardi. Bildirmasada mendan bekitolmaydi. Bir vaqtlar meni och qolmasin, kiyimi but bölsin deb yelib-yugurganida, kasal bölib qolganimda kechasi b-n boshimda bedor ötirib chiqqanlarida nigohida shu qörquv bor edi. "Akajon, siz hali yashaysiz! Men bormanku.." Nihoyat ösha tong otdi. Insholloh, bu tong akamga yangi hayot ato etadi. Men.. nasib qilgan bölsa yashayman! Shifoxonaga kelsam doktor akamni palatasi yonida öychan turardi. Salomlashdim, operatsiyaga tayyorligimni aytdim. U: "Endi operatsiyaning foydasi yöq" dedi. -Akangiz olamdan ötdi, bandalik uka, bardam böling.. Sovuq ter chiqib ketdi tanamdan. Ötirib qoldim. Doktor akamni kechagi bir kunlik dorisini ichmaganligini, yarim tunda joni uzilganini aytdi, qölimga qog'oz tutqazdi. Yig'lab yubordim. Bor ovozim b-n yig'ladim. Közimda yosh b-n akamning sönggi yozuvlarini öqidim: "Ukaginam, sendan roziman. Tugab bölgan odam u-n hayotingni xavf ostiga qöyishning keragi yöq. Yangang va jiyanlaring senga omonat. Xudo yor bölsin!" Akam bilgan ekan.. Eh, akajon! Sizga bir martagina g'amxörlik qilmoqchiydim. Sizni qanchalik yaxshi körishimni isbotlamoqchiydim. Qarang akajon, baribir siz meni köproq yaxshi körarkansiz.." (Real voqelik asosida. Avtor: Zarif Ayubov)
Просмотров: 129 | Добавил: PrEeTy_GiRl | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1  
тасирли екан

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

YANGI MP3LAR

Sayt Faollari
NICKFORUMIZOH
1 Begzod_Bek4230315
2 _MARJONA_3406122
3 αđмιη319799
4 SAYT_QIROLI25029
5 ABDULLOH195899
6 FIRIBGAR1813121
7 ДеРцКиЙ_ЗаТо_Не_ДеТсКиЙ123581
8 JASURBEK637108
9 -BUM-61758
10 MISTER_ARIAN_4744

Мини-чат
200

Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Copyright MyCorp © 2017