Главная
Регистрация
Вход
Juma
26.04.2024
01:30
Приветствую Вас Гость | RSS
www.BeQarorlar.Com

Меню сайта

Saytga kirish
Salom, Mehmon
Azo bolish ёки Login parol bilan kiring va Xamma imkoniyatlarga ega boling.
Логин:
Пароль:

Do'stlarga ulashin

SMS Bo'limlar

  
Главная » 2013 » MAY » 10 » ENG KATTA MUAMMO IFFAT PARDASI.
05:42
ENG KATTA MUAMMO IFFAT PARDASI.

Mashhur ginekolog professor
shunday hikoya qilib bergan edi:
«Tug'ruqxonada ilk farzand
ko'rayotgan ayolning tug'ishiga
nimadir xalal berardi. Qarasak,
chaqaloqning boshi qalin qizlik pardasiga taqalib turgan ekan.
Shu pardani qirqqanimizdan
so'nggina bola bemalol tug'ildi. Bu
holni ayolning eriga aytib
berganimda, u ilk oqshomdan buyon
rafiqasini qiz chiqmagan — nomussiz, deya o'ylab hanuzgacha
iztirobda yurganligi ma`lum bo'ldi».

Fikrimizni davom etishdan oldin yana
bir maktubni ko'zdan kechirsak: «23
yoshga to'ldim. Mendan katta akamni
ikki marta uylantirishdi. Ikkovlari ham, afsuski, qiz chiqmadi. Endi meni
uylantirishmoqchi, ammo men
qizlarga mutloq ishonmayman.
Chunki orzularim akamnikiga
o'xshab chippakka chiqishidan
cho'chiyman. Yaqin bir do'stim uylanishni rejalashtirayotgan qizi
bilan to'ygacha qovushib, ko'nglini
xotirjam etmoqchi. Ovro'po
mamlakatlarida ham yoshlar
to'ygacha bir necha yillar
davomida o'zlarini sinashadilar-ku?! Men ham shunday yo'l tutaymi? Qizlik
pardasidan mosuvo bo'lgan ayrim
buzuqilar nomus belgisini ba`zi
do'xtirlar yordamida tiklab olishlari
rostmi?»

Javob: - Dastavval, bu masalaga
tibbiy nuqtai-nazardan
yondoshishdan oldin, ajdodlar
o'gitlariga bir nazar tashlash
maqsadga muvofiqdir. Zero, buyuk
mutafakkir Alisher Navoiy: «Hayosizda vafo yo'q, vafosizda hayo
yo'q», — deya bejiz aytmaganlar.
«Hayo -iymondandir». Shu bois,
bufazilat dinu diyonatli insonlarda
bo'lishi tabiiy. Yuqoridagi maktub
muallifining barcha qizlarga ishonmasligi asossiz, albatta. Shukrki,
yurtimizda bokira, iffatli qizlar
ko'pchilikni tashkil etadi, benomuslar
esa barmoq bilan sanoqli.
Ovro'poliklarning nikohsiz yillab
«sinashish» uslubi esa fahshdan o'zga narsa emas.
Zero, ulug'larimiz, to'ygacha
nomusdan mosuvo bo'lish
fohishalikdan dalolat ekanligini bejiz
fikratimizga singdirishmagan.
O'zbekning «Onasini ko'rib, qizini ol», — degan naqlida ham chuqur
mazmun bor. Zero, diyonatli, soliha
onalar, hamiyatli otalar tarbiyasidagi
qizlar aslo benomus bo'lmaydilar.
Ushbu o'rinda qizaloqlar jinsiy
tarbiyasidagi ayrim xatolar ham nomus pardasiga darz yetkazishi
mumkinligini ta`kidlab o'tish joizdir:

1. Qizaloqlar o'g'il bolalarning
velosiped, toychoq kabi
o'yinchoqlarini ko'p va qo'pol tarzda
o'ynashlarida ham ma`lum darajada xatar mavjud. Shu bois ham,
o'yinchoqlar bola jinsiga mos
bo'lishiga ahamiyat berish joiz.

2. Jinsiy a`zolarning ifloslanib
qichishi, ortdagi gijjalar bezovta
qilishi natijasida qizchalarning qo'pol qashinishida ham xavfli jihatlar
kuzatiladi.

3. Yuvinish paytidagi ehtiyotsizlik
sababli ham bokiralik pardasiga
ziyon yetishi kamdan-kam hollarda
uchraydi.

4. Keskin harakatlar talab qilinadigan
sport turlariga, ya`ni yakka kurash,
futbol, uzunlikka sakrash kabilarga
qizlarni jalb etmaslik ma`qulroq.

5. Ba`zi jaholat girdobiga botgan
kimsalarga qizchalarning nozik joyiga bexos turtib yuborish ham
xatarli ekanligini yodda tutishlarini
maslahat berardik.
Odatda, ilk jinsiy munosabat paytida
iffat pardasining bir necha
tomonlama darz ketib, yorilishi kuzatiladi. Ana shu jarayon og'riq
hissi ro'y berishiga sabab bo'ladi.
Yangi yorilgan qizlik pardasining
chetlari qizarib, shishgan holda
qontalashroq
bo'lib turadi. Iffat pardasining yorilgan joylari o'rnida 3-10 kun
davomida qalinlashgan oqimtir
chandiqli to'qima paydo bo'lishi
kuzatiladi. Agar ilk visol oqshomida
qizning bokiraligiga shubha
uyg'ongan bo'lsa, bir necha kun ichida mutaxassis shifokorlarga,
ya`ni
sud-tibbiy ekspertizasiga ovoza
qilmasdan, vazminlik ila murojaat
qilish lozim. Bunda hatto sun`iy qizlik
pardasini ham bemalol aniqlash mumkin bo'ladi.
Imom Buxoriy sahih hadislarida:
«Alloh qiyomat kunida rahmat nazari
bilan qaramaydigan toifalardan biri
ayollari benomus ekanligini bila
turib, ular bilan yashovchi erkaklar, ya`ni dayuslar», — ekanligini rivoyat
qilganlar.
Ammo, tibbiy xulosasiz «podadan
oldin chang chiqarish» ham asl
erkaklarga yot xislat bo'lishi lozim.
Ayrim kuyov yigitlar ilk oqshomdayoq bir necha bor jinsiy
aloqa qilishga intilishlari noto'g'ridir,
chunki bu qon yo'qotish xavfini
vujudga keltiradi. Odatda, iffat
pardasi
barham topgandan so'ng, kamida uch kun jinsiy yaqinlikning to'xtatib
turilishi shart. Aks holda,
munosabatdagi og'riq azobi, yosh
kelinchakning jinsiy aloqadan
bezishiga va hatto turli dardlar
(frigidlik, vaginizm, genitaalgiya) ga chalinishiga
sabab bo'lishi ham mumkin. Agar ilk
oqshomdan keyingi kunlarda
ham og'riq hissi kuchayib, qon
ketishi kuzatilsa, yosh kelinchakni
ginekolog shifokor maslahatiga olib borish maqsadga muvofiqdir.

Xurmat ila: RAXIMDIL_OSHIQ yani Begzod_Bek.
Категория: Foydali maslahatlar / Полезны советы | Просмотров: 3446 | Добавил: Begzod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 DILSHODBEK  
0
rosa uzun ekan

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

YANGI MP3LAR

Sayt Faollari
NICKFORUMIZOH
1 Begzod_Bek4230315
2 _MARJONA_3406122
3 αđмιη319799
4 SAYT_QIROLI25029
5 ABDULLOH195899
6 FIRIBGAR1813121
7 ДеРцКиЙ_ЗаТо_Не_ДеТсКиЙ123581
8 JASURBEK637108
9 -BUM-61758
10 MISTER_ARIAN_4744

Мини-чат
200

Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Copyright MyCorp © 2024